Javob: Xorijga chiqishga qo'yilgan taqiqni bekor qilish usullari
Garchi qarzdorga taqiq qo'yilgan bo'lsa-da, uni uchta usul orqali olib tashlash mumkin:
- Qarzdor aliment to'lovchining aliment undiruvchi bilan kelishishi. Bu eng yaxshi va kamchiqim usul hisoblanadi.
- Yuqoridagi qonunning 40-moddasiga ko'ra undiruvchi MIBga ariza beradigan bo'lsa, ijro hujjati unga qaytariladi. Shundan so'ng taqiq olib tashlanadi. Buning uchun esa, undiruvchi bilan kelishishi kerak bo'ladi.
- Navbatdagi usul alimentni oldindan to'lash. Ushbu usulga ko'ra alimentlarni oldindan to'lash bola voyaga yetguniga qadar har qanday davr uchun 5 yildan kam bo'lmagan muddatga amalga oshiriladi. Agar bolalar voyaga yetguniga qadar bo'lgan davr 5 yildan kam bo'lsa, alimentlarni oldindan to'lash qolgan davr uchun amalga oshiriladi.
Soddaroq aytganda, aliment to'lovchi:
- Farzandi voyaga yetishiga 5 yildan ortiq vaqt bo'lganda kamida besh yillik alimentni (masalan qarzdorning farzandi 4 yosh bo'lsa, unda birdaniga 5 yillik summani).
- Agar farzandi voyaga yetishiga 5 yildan kam bo'lsa, unda fazandi voyaga yetguncha bo'lgan davr uchun alimentni birdagina to'lashi kerak. Misol uchun farzand 16 yoshga to'lgan bo'lsa, 2 yillik alimentni birato'la to'laydi.